«Mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin» - O‘zLiDeP vakili Yunusoboddagi fojia haqida

Foto: Xalqaro press-klub
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Saylov kampaniyasini 80 kuni: qanday va'dalar berildi va imkoniyatlardan qanday foydalanildi» mavzusidagi tadbirda siyosiy partiyalar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat yuzasidan ham fikr bildirildi.
O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakili Nuriddin Murodovning aytishicha, holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr so‘rashi kerak.
«Metroda sodir bo‘lgan voqeani nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bo‘lishi kerak. Voqea-hodisani o‘rganish o‘z yo‘liga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin.
Ikki, uch yil oldin qurilish sohasi mutlaqo yopiq edi. U yerda nima bo‘lyapti, nima o‘zgaryapti bilmaganmiz. Hali hanuz «Qishloq qurilish invest», «O‘zshahar qurilish invest» muassasalari mutlaqo korrupsiyalashgan.
Xalqimiz yirik qurilish obektlarini qurib bitkazishni bayramlarga to‘g‘rilashga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qo‘shilmaydi», - deydi u.
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakili Nodirjon Muxtorovning so‘zlariga ko‘ra, ish sharoitidagi xavfsizlikka yetarli e'tibor qaratilmayapti.
«Biz xorijdagi vatandoshlarimizning mehnat muhofazasini ta'minlaymiz deb, o‘zimizda ishlayotgan vatandoshlarimiz ish sharoitidagi xavfsizlikka e'tiborli bo‘lmayapmiz.
Yirik qurilish obektlarini bayramlarda ochish - bizning urf-odatimiz. Ammo ochilishni obekt tayyor bo‘lsagina amalga oshirish kerak», - deydi u.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi vakili Farhod Eshonqulovning aytishicha, har bir kasaba uyushmalari tarkibida mehnat muhofazasini ta'minlaydigan tizim bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni taxminan soat 10:00da Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi ro‘y berib, ishchilarni tuproq bosib qoldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
-
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

13:34 / 21.03.2025