Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Unga köra, quriliş işlari vaqtida yer öpirilişi oqibatida halok bölganlar soni 6 nafarga yetgan.

Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv işlari natijasida keça va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib çiqildi va ularning şaxsiga aniqlik kiritilgan:

1. 1989 yilda tuğilgan, Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumani, Beşkapa qişloğida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek Töra öğli;

2. 1989 yilda tuğilgan, Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumani, Beşkapa qişloğida istiqomat qilgan fuqaro Ravşanov Jonibek Islom öğli;

3. 1999 yilda tuğilgan, Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumani, Beşkapa qişloğida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botiroviç;

4. 1986 yilda tuğilgan, Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodoviç;

5. 1996 yilda tuğilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qişloğida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin öğli. 

6. 1981 yilda tuğilgan, Samarqand viloyati Past Darğom tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif Tölqinoviçdir.

«Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga barça zarur moddiy va ma'naviy yordam körsatiş çoralari körilmoqda.

Vazirlik rahbariyati va barça şaxsiy tarkibi nomidan hodisa oqibatida qurbon bölgan fuqarolarning oila a'zolariga çuqur hamdardlik bildiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.