Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
«Saylov kampaniyasini 80 kuni: qanday va'dalar berildi va imkoniyatlardan qanday foydalanildi» mavzusidagi tadbirda siyosiy partiyalar, OAV vakillari va blogerlar iştirok etmoqda.
Tadbir davomida Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat yuzasidan ham fikr bildirildi.
Özbekiston Liberal demokratik partiyasi vakili Nuriddin Murodovning aytişiça, holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr söraşi kerak.
«Metroda sodir bölgan voqeani nazorat qiliş uçun taşkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bölişi kerak. Voqea-hodisani örganiş öz yöliga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr sörasin.
Ikki, uç yil oldin quriliş sohasi mutlaqo yopiq edi. U yerda nima bölyapti, nima özgaryapti bilmaganmiz. Hali hanuz «Qişloq quriliş invest», «Özşahar quriliş invest» muassasalari mutlaqo korrupsiyalaşgan.
Xalqimiz yirik quriliş obektlarini qurib bitkazişni bayramlarga töğrilaşga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qöşilmaydi», - deydi u.
Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi vakili Nodirjon Muxtorovning sözlariga köra, iş şaroitidagi xavfsizlikka yetarli e'tibor qaratilmayapti.
«Biz xorijdagi vatandoşlarimizning mehnat muhofazasini ta'minlaymiz deb, özimizda işlayotgan vatandoşlarimiz iş şaroitidagi xavfsizlikka e'tiborli bölmayapmiz.
Yirik quriliş obektlarini bayramlarda oçiş - bizning urf-odatimiz. Ammo oçilişni obekt tayyor bölsagina amalga oşiriş kerak», - deydi u.
Öz navbatida, Özbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi vakili Farhod Eşonqulovning aytişiça, har bir kasaba uyuşmalari tarkibida mehnat muhofazasini ta'minlaydigan tizim bölişi kerak.












