Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil mudofaa vaziri G‘azoni okkupatsiya qilish rejasini tasdiqladi
Operatsiya «Gideon-2 jang aravalari» deb nomlandi va Isroil armiyasi HAMAS jangarilarini to‘liq yo‘q qilishni ko‘zlamoqda.
Foto: Hamza Z. H. Qraiqea/Anadolu
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats G‘azo shahriga hujum rejasini tasdiqladi, deb xabar berdi Ynet. Operatsiya «Gideon-2 jang aravalari» deb nomlandi.
Qayd etilishicha, tez orada zaxiradagilar safarbar etilishi kutilmoqda, shahardan qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha gumanitar dastur tayyorlanmoqda. Shaharga hujum boshlanishi bilan Isroil armiyasi HAMAS jangarilarini to‘liq yo‘q qilinmaguncha izolyatsiya qilmoqchi, deb yozdi Ynet.
The Times of Israel ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyani o‘tkazish uchun 60 mingga yaqin zaxiradagi askarlarni chaqirish rejalashtirilgan. Ularning barchasi ham operatsiyada bevosita ishtirok etmaydi, ba’zilari Isroilning boshqa joylardagi muntazam qo‘shinlari o‘rnini egallaydi.
«Gideon-2 jang aravalari» operatsiyasi tugashi bilan, Katsning ta’kidlashicha, «G‘azo o‘z qiyofasini o‘zgartiradi va avvalgidek bo‘lmaydi».
G‘azoni okkupatsiya qilish rejasi Isroil armiyasi (TSAHAL) joriy yil may oyida boshlagan «Gideon jang aravalari» operatsiyasining davomi bo‘ladi. Avgust oyida mahalliy matbuot bosh vazir Binyamin Netanyahuning G‘azoni okkupatsiya qilish haqidagi taklifi Isroil harbiy-siyosiy kabineti tomonidan ma’qullangani haqida xabar bergan edi.
Bosh vazir devonxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlar mahkamasi G‘azodagi urushni tugatish uchun zarur bo‘lgan beshta tamoyilni ham qabul qilgan. Ular: hamaschilarni qurolsizlantirish, garovga olinganlarni qaytarish, G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish, urush tugaganidan keyin ham Isroilning G‘azo ustidan to‘liq nazoratini saqlab qolish va HAMAS bilan Falastin ma’muriyati bo‘lmagan muqobil fuqarolik hukumatini yaratish.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
10:53 / 24.12.2025