Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ushbu Malibu qoidabuzarliklarini “oxirgi zarurat yuzasidan sodir etilgan” deb topib, 61 ta jarimani bekor qilgan. Kun.uz'ning bir biridan mustaqil manbalari ushbu avtomobil viloyat IIB YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli ekanini tasdiqladi.
Farg‘ona viloyat IIB YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov (o‘ngda) / Foto: Viloyat IIB
Farg‘onada IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan qoidabuzarliklari bekor qilib kelingan Malibu mashinasi viloyat IIB YHXB boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan. Buni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Malibu mashinasi tomonidan sodir etilgan yuzdan ortiq qoidabuzarliklar asossiz bekor qilib kelingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB munosabat bildirib, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.
Shuningdek, munosabatda Malibu rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgani aytilgan.
Kun.uz holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB YHXB matbuot kotibi Elbek Qobilov bilan bog‘landi.
“2024-2025 yillarda ushbu mashina tomonidan sodir etilgan jami 61 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jarimalar bekor qilingan. Xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha jarimalarning barchasi undirilgan. Jarimalarning umumiy summasi bo‘yicha ma’lumoti yo‘q”, deydi Elbek Qobilov.
Shuningdek, boshqarma matbuot kotibi ushbu Malibu tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni tahlil qilib ko‘rmaganini, ular asosan qanday turdagi qoidabuzarlik ekanidan xabari yo‘qligini bildirdi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda esa 40 081 SBA davlat raqamli Malibu hatto bir nechta holatda svetoforning qizil chirog‘ida ham harakatlanganini ko‘rish mumkin.
Turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu jarimalarini asossiz o‘chirishni Akmal Ahmedov buyurganmi yoki xodimlarning o‘zining tashabbusi bo‘lganmi, bu hozircha aniq emas.
Mavzuga oid
15:41 / 16.12.2025
«Qo‘qonlik tabib» yana sudga berildi
08:30 / 06.12.2025
Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mas’ullari pora bilan ushlandi
08:20 / 29.11.2025
Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
15:25 / 25.11.2025