Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi tadbirkordan qariyb 4 milliard so‘m qarzdor - Biznes-ombudsman
Foto: KUN.UZ
“L.” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) uning mulk huquqlari buzilganligidan norozi bo‘lib, biznes-ombudsmanga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil axborot xizmati.
Aniqlanishicha, hokimning qarori bilan yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingani natijasida tadbirkorga tegishli 87 kv. metrlik savdo do‘koni buzilgan.
“Ushbu mulk mustaqil baholovchi korxona tomonidan qariyb 4 milliard so‘mga baholangan. Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan kompensatsiyani to‘lab berish to‘g‘risidagi murojaat Toshkent shahar hokimligiga yuborilganiga qaramay, kompensatsiya to‘lanmagan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, biznes-ombudsman tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da'vo ariza natijasida Toshkent shahar hokimligiga MChJga qariyb 4 milliard so‘m kompensatsiya to‘lab berish vazifasi yuklatildi.
Avvalroq, Toshkentda tadbirkorga jarima solgan soliqchining o‘zi jarima to‘lashi to‘g‘risida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
19:34 / 13.04.2026