Jamiyat | 23:16 / 17.04.2017
32381
1 daqiqa o‘qiladi

"Izsiz yo‘llar": Xayrulla Hamidovning yangi kitobi bosmadan chiqdi

Taniqli shoir, shuningdek, muxlislarga futbol sharhlovchiligi bilan tanish ijodkor Xayrulla Hamidov o‘zining ikkinchi kitobini bosmadan chiqardi.

"Izsiz yo‘llar" deb nomlangan yangi kitobdan shoirning yangi she'rlari o‘rin olgan. Kitob qattiq muqovada 400 betga yaqin hajmda, "Navro‘z" nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitobda shoirning 300 dan ziyodroq yangi she'ri berilgan.

Yangi kitobni nazm shaydolari poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi kitob do‘konlaridan xarid qilishlari mumkin — dushanba kundan keng savdoga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili shoir Xayrulla Hamidovning "Suyanchiq" deb nomlangan birinchi she'riy kitobi bosmadan chiqqan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid