Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 418-sonli qaroriga muvofiq, Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi. Bundan maqsad - o‘zbek xalqining atoqli farzandlari - shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi Hamid Olimjon hamda XX asr o‘zbek she'riyatida o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lgan sevimli shoiramiz, chin ma'nodagi sadoqat ramzi Zulfiya ijodini keng targ‘ib qilish, ularning izdoshlarini kashf qilish va iste'dodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish.
2017-2018 o‘quv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 1-uyda yangidan qurilayotgan 540 o‘rinli Jizzax viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosi yangi maktab-internatga topshiriladi.
Maktab-internat binosi 150 o‘rinli o‘quv xonasi, 100 o‘rinli yotoqxona va 75 o‘rinli oshxonaga moslashtiriladi.
2017-2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda maktab-internatga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik diagnostika o‘tkazadi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025