Vazirlar Mahkamasining 418-sonli qaroriga muvofiq, Jizzax şahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiladi. Bundan maqsad - özbek xalqining atoqli farzandlari - şoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi Hamid Olimjon hamda XX asr özbek şe'riyatida öz sözi va örniga ega bölgan sevimli şoiramiz, çin ma'nodagi sadoqat ramzi Zulfiya ijodini keng tarğib qiliş, ularning izdoşlarini kaşf qiliş va iste'dodlarini namoyon qilişlariga şart-şaroit yaratiş. 

2017-2018 öquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 öquv yilidan boşlab 5-sinfiga 30 nafardan öquvçi qabul qilinadi. 

Jizzax şahri Şarof Raşidov şoh köçasi, 1-uyda yangidan qurilayotgan 540 örinli Jizzax viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti binosi yangi maktab-internatga topşiriladi. 

Maktab-internat binosi 150 örinli öquv xonasi, 100 örinli yotoqxona va 75 örinli oşxonaga moslaştiriladi. 

2017-2018 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda maktab-internatga iqtidorli öquvçilarni saralab oliş maqsadida ona tili va çet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik diagnostika ötkazadi.