Jamiyat | 09:36 / 18.03.2017
33601
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada pora undira olmagan politsiyachilar O‘zbekiston fuqarosi pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ydi

O‘zbekistonlik K. Sh. pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan Sankt-Peterburg politsiyachilari ustidan arz qildi, deb xabar bermoqda Fontanka.ru nashri. 

Ma'lum bo‘lishicha, 14 mart kuni ishdan qaytayotgan o‘zbekistonlik bir necha fuqarolarni politsiyachilar to‘xtatib, hujjatlarni tekshirgan. Hujjatlarda hech qanday kamchilik topilmagan. 

Jabrlanuvchining aytishicha, politsiyachilar undan pora talab qilishgan. Biroq rad javobini olgach, uning  pasportiga tilga olib bo‘lmaydigan haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan

Qayd etilishicha, voqea Sankt-Peterburgning Pushkin tumaniga qarashli Shushari posyolkasida yuz bergan. O‘zbekistonlik migrant politsiyachilar ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. 

«Politsiya rahbariyati bu xatti-harakatlarga juda to‘g‘ri munosabatda bo‘ldi. Bizni bo‘lim boshlig‘i qabul qilib, jabrlanuvchi arzini shaxsan tingladi. Hammasi yozib olindi. Aybdorlar topilishi aniq», - deya yozgan deputat Artemiy Galitsin Facebook’dagi sahifasida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid