O‘zbekiston | 13:17 / 28.06.2018
12617
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda onalar va go‘daklar o‘limi holatlari kamaymayapti – Senat

Joriy yilda O‘zbekiston bo‘ylab onalar o‘limi 59 ta va bolalar o‘limi esa 2.706ta qayd etildi. Bu haqda Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma'lum qildi.

Aytilishicha, yuqumli kasalliklar, jumladan virusli gepatitga chalinganlar soni qariyb 12.200 nafarni, sil kasalligiga chalinganlar 5.120 nafarni tashkil etdi.

"Joriy yilda onalar o‘limi kamaymagani, aksincha, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Xorazm, Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida ko‘paygani achinarli holdir. Go‘daklar o‘limining Qashqadaryoda 31 taga, Surxondaryoda 52taga keskin ko‘paygani esa g‘oyat tashvishlidir", deya ta'kidlagan rais Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida nutq so‘zlab.

Senat raisining ta'kidlashicha, turli sabablarga ko‘ra, chet ellarda uzoq muddat safarda bo‘lib, yurtimizga qaytgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tkazishga erishilmayapti.

"Holbuki, joriy yilning birinchi choragida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 162 nafarida OITS, 105 nafarida sil, 48 nafarida teri-tanosil kasalliklari va 6.284 nafarida boshqa xastaliklar aniqlandi", deydi u.

Mavzuga oid