Jahon | 11:13 / 20.09.2015
2720
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada 2016 yil oxiriga qadar 10 ming muhojirni qabul qilmoqchi

Kanada 2016 yil so‘ngiga qadar o‘z hududiga 10 ming nafar suriyalik va iroqlik qochqinni joylashtiradi. Bu haqda 20 sentabr kuni Kanada Fuqarolik va immigratsiya masalalari vaziri Kris Aleksander ma’lum qildi.

“Hukumat qochqinlar uchun viza berish jarayonini tezlashtiradi, – dedi u. – Avvalroq Kanadaga 2015-2017 yillar mobaynida Suriya va Iroqdan 10 nafar qochqinni joylashtirish rejalashtirilgan edi. Biz buni 15 oy avvalroq yakunlaymiz. Bunda birinchi navbatda qochqinlarni xavfsizlik nuqtai nazardan qattiq tekshiramiz”.

Avvalroq Kanada hukumati federal budjetdan suriyalik qochqinlarga yordam uchun 100 mln Kanada dollari ($75,3 mln) ajratilishini ma’lum qilgan edi. Hukumat mazkur mablag‘larni “Qizil xoch” va “Qizil yarim oy” tashkilotlariga taqdim etadi. Mamlakatning Xalqaro taraqqiyot vaziri Kristian Paradining ma’lum qilishicha, mablag‘lar Bayrut (Livan), Anqara (Turkiya) va Oman (Iordaniya)ga yo‘naltiriladi. Ya’ni, moliyaviy yordam ushbu mamlakatlardagi maxsus qochqinlar lagerlari ehtiyojlari uchun sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid