Jamiyat | 12:18 / 02.12.2015
13845
1 daqiqa o‘qiladi

Pavlodarda o‘zbekistonlik muhojirlar muzlab o‘layozdi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida o‘zbekistonlik 47 nafar mehnat muhojiri buzilib qolgan avtobusni tark etishdan bosh tortib, trassada 8 soat turdi. KTK telekanalining ma'lumot berishicha, ular orasida 5 yashar bola ham bo‘lgan.

Yo‘lovchilar Novosibirskdan Toshkentga qaytayotgan edi. Ularning barchasi muzlab qolayotgan edi, ammo jonlarini saqlab qolish uchun g‘ildiraklarni yoqqanlar. Shunda muhojirlardan biri tutun bilan zaharlangan.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar muhojirlarni isitish punktiga borishga ko‘ndira olmadi, buning natijasida yordam shu yerning o‘zida ko‘rsatildi. Muhojirlar qutqaruvchilarning xizmatlari pullik deb hisoblab, pullarni tejashga harakat qilishgan.

Mavzuga oid