12 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Qozoğistonning Pavlodar oblasti hududida, «Pavlodar—Astana» avtomobil yölining Aksu tumanidan ötgan qismida Özbekistonning 55 nafar fuqarosini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi va yölovçilar uşbu texnik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.

Zakon.kz manbasi ma'lumotiga köra, avtobus «Pavlodar—Astana» trassasida, Kalmakan qişloğidan 30 kilometr uzoqlikda töxtab qolgan. Van Hool rusumli avtobus (davlat raqami 310 DHB 13) Toşkentdan Krasnoyarskka yöl olgandi. Yölovçilar orasida ikki bola ham bor.
Aksu şahri akimati (hokimiyat) qisqa vaqt içida Pavlodar Favqulodda vaziyatlar departamenti kuçlari bilan hamkorlikda yölovçilarni isitiş punktiga — «Sputnik» stansiyasi yaqinidagi örta maktab binosiga joylaştirgan, ular oziq-ovqat bilan ta'minlangan, avtobus ta'mirlab bölingunga qadar yaşab turiş uçun şaroitlar yaratilgan.

Yölovçilarga tibbiy yordam körsatişga hojat bölmagan.

Qayd etilişiça, ularning avtobusi Pavlodar şahriga ta'mirlaş uçun olib borilgan.

















