Özbekistonning Aqtau şahridagi (Qozoğiston) boş konsulxonasi 2020 yil 11 fevral kuni Samara-Çimkent yönalişi böylab harakatlanayotgan va yölovçilari orasida 20 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan avtobus Aqtöbe viloyati hududida buzilib qolganini ma'lum qildi.
Taşqi işlar vazirligi ma'lumotida aytilişiça, nosozlikka sovuq ob-havoda avtobus yonilğisi muzlab qolgani sabab bölgan.
Mamlakatning Nur-Sulton şahridagi elçixonasi 12 fevral kuni Qizil-Örda – Pavlodar trassasida Pavlodar viloyati hududida içida 19 nafar yölovçi – Özbekiston fuqarolari bölgan mikroavtobus nosozlik tufayli töxtab qolgani töğrisida tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
Ikkala vaziyatda ham heç kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan. Qozoğistonning yöl politsiyasi va favqulodda vaziyatlar böyiça organlari xodimlarining tezkor yordami bilan transport vositalari ta'mirlangan va yönalişini davom ettirgan.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Özbekiston fuqarolari e'tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boşqa turlarida qişki vaqtda Qozoğistonga kirişda yoki uning hududidan ötişda ehtimoliy xatarlarni hisobga oliş va tegişli çoralar köriş zarurligiga qaratgan.
Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boşqa davlatga ötayotganlar, zarur hollarda mamlakatning Nur-Sulton şahridagi elçixonasiga (tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10); Aqtau şahridagi boş konsulxonaga (tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota şahridagi boş konsulxonaga (tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilişlari mumkinligi eslatib ötilgan.

















