Qozoğistonda böliş qoidalarini buzgan 876 nafar xorijlik ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Pavlodarnews Pavlodar oblasti Içki işlar departamentiga asosan xabar bermoqda.
«Sudga 358ta ma'muriy iş yuborildi, ularni körib çiqiş natijasiga köra MDHning 34 fuqarosini mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilindi. Qozoğiston Respublikasida vaqtinçalik böliş muddati MDHning 805 nafar va uzoq xorijning bir fuqarosiga nisbatan kamaytirildi», - deya qayd etib ötişdi mahkamadan.
Içki işlar departamenti ma'lumotiga köra, çet el işçi kuçidan noqonuniy foydalanişning 33ta holati aniqlandi. Ma'muriy kodeksning 519-moddasi böyiça xorijiy işçilarni noqonuniy ravişda işga yollagan iş beruvçilar ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan taşqari, 18 kişi Pavlodar Içki işlar boşqarmasi vaqtinçalik saqlaş joyiga şaxsni aniqlaş uçun joylaştirildi.
Politsiyaçilar tomonidan «Nelegal-2018» tezkor-profilaktik tadbirida davomida korxonalardan birining bazasida Özbekistonning 14 fuqarosi qölga olindi. Ular haydovçilar sifatida tegişli hujjatlarsiz faoliyat yuritgan. Bu şaxslar EKIHning 15 barobari miqdorida ma'muriy jarima va 3 sutkaga qamoq jazosiga mahkum etildi.
Şuningdek, Irtiş tumani hududida Özbekistonning 18 fuqarosi aniqlandi. Ular joriy yilning may oyidan beri tuman hududida noqonuniy ravişda mehnat faoliyatini amalga oşirib kelgan. Bu şaxslarning bir nafari mamlakatdan çiqarib yuborildi, qolganlariga ma'muriy jarima belgilandi.

















