Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Livanda terrorchi xudkush portlash sodir etdi, qurbonlar bor
Livanda terrorchi xudkush o‘z uyida portlovchi uskunani harakatga keltirdi, qurbonlar va jarohat olganlar bor, deya xabar bermoqda Daily Star gazetasi.
Hodisa mamlakat shimolida terrorchining uyiga harbiylar bostirib kirgan vaqtda sodir bo‘lgan. Shifokorlar va xavfsizlik sohasidagi axborot manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar ichida terroristning o‘zi va uning oila a’zolari bor. Eng kamida olti kishi, jumladan, harbiy xizmatchilar jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Livan poytaxti Bayrut shahridagi tumanlarning birida odam ko‘p to‘plangan joyda ikki marotaba terakt sodir etilgan edi. Livan OAV xabariga ko‘ra, eng kamida 43 kishi halok bo‘lib, 239 kishi jarohat oldi. Mazkur terakt uchun javobgarlikni IShID terroristik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
09:38 / 30.04.2026
G‘azo ssenariysi: Isroil Livan janubini tekislab tashlamoqda
08:37 / 24.04.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi
20:04 / 23.04.2026
“Hizbulloh” Livan ichkarisiga siqib chiqariladimi?
21:22 / 16.04.2026