Jahon | 07:51 / 31.12.2015
4628
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronning o‘quv otishmalarini “ochiqcha ig‘vo” deb atadi

AQSh Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘quv raketa otishmalarini o‘tkazganidan keyin uni “xavfsiz bo‘lmagan” va “noprofessional” harakatlarni amalga oshirganlikda aybladi, deb xabar bermoqda Al Jazeera. 

“Xalqaro tan olingan dengiz koridorida koalitsiya kemalari va savdo kemalariga bunchalik yaqin masofada otishmani amalga oshirish xavfli va noprofessional harakatlar hisoblanadi”, deb aytdi AQSh HDK qo‘mondoni Kevin Stivens.

Stivensning aytishicha, bu harakatlar xalqaro dengiz huquqi va boshqa kemalarning harakatlanishi xavfsizligi huquqini buzadi hamda bu harakatlarni “ochiqcha ig‘vo” deb atadi.

Avvalroq Eron bo‘g‘ozda AQShning aviatashuvchi kemasi yaqinida otishmani amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi. AQSh kemalari “xalqaro tan olingan dengiz koridorida” bo‘lganida Eron HDK radio orqali otishmani boshlashini xabar qilgan. Shundan keyin bir nechta boshqarilmaydigan raketalar uchirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid