Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: NATO tinchlik uchun kengayishdan voz kechishi lozim edi
NATOning yetakchi a'zolari o‘z tashkilotini kengaytirish rejalaridan voz kechib, bu bilan xalqaro miqyosda xavfsizlik va tinchlik o‘rnatishi mumkin edi, ammo SSSR parchalanib ketganidan so‘ng “shuhrat cho‘qqisida yolg‘iz qolganlikdan to‘liq rohat olish niyati paydo bo‘ldi”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida.
“Biz amerikalik va yevropalik hamkorlarimiz tomonidan mantra misoli takrorlanadigan so‘zlarni ming marta eshitdik: davlatlar o‘z xavfsizligini ta'minlash yo‘lini tanlash huquqiga ega, - dedi Rossiya yetakchisi. – Ha, biz buni bilamiz. Bu haqiqat.
Ammo haqiqat yana shundaki, boshqa davlatlar o‘z tashkilotlarini kengaytirish va kengaytirmaslik, xalqaro xavfsizlik nuqtai nazaridan yondashish huquqiga egadirlar.
NATOning yetakchi a'zolari ham aytishlari mumkin edi: siz bizga qo‘shilmoqchi ekanliklaringdan xursandman, lekin tashkilotimizni kengaytirishni istamaymiz, biz Yevropa kelajagini boshqacharoq ko‘ramiz”.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026