Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kruz: AQSh Suriyada diqqatini Asadni to‘ntarishga emas, IShIDga qarshi kurashishga qaratishi kerak
Texas shtatidan AQSh prezidentligi uchun saylovda nomzod bo‘lgan senator Ted Kruz agar AQSh Bashar Asadni taxtidan ag‘darsa, IShID Suriyani egallab olishidan xavotirlanmoqda.
"Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z kuchlarini Suriyadagi IShID terroristik guruhini yengishga qaratishi lozim, Yaqin Sharq mamlakatlari hokimiyatiga aralashish va ularni to‘ntarishga emas", deydi Kruz.
Uning fikricha, Suriyaning katta qismini egallab olgan IShID AQSh uchun ulkan xavf tug‘diryapti.
“Fuqarolik urushlariga burnimizni suqmasdan, Amerikaning dushmanlariga e'tiborimizni qaratishimiz va IShIDni butunlay yo‘q qilishimiz lozim”, -deydi senator.
Uningcha, Vashington Suriyada jangarilarni yengish uchun havo hujumlarini kuchaytirishi va kurdlarni qurol bilan ta'minlashi joiz.
“Bizning armiyamiz bizni himoya qilishi va milliy xavfsizlikni ta'minlashi lozim”, -fikrini davom ettirdi siyosatchi.
Respublikachilar qarorgohida AQSh prezidentligiga olti siyosatchi da'vogarlik qilyapti: milliarder Donald Tramp, Texas senatori Ted Kruz, Florida senatori Marko Rubio, Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Bush, Ogayo gubernatori Jon Keysik, neyroxirurg Ben Karson.
Respublikachilardan prezidentlikka oxirgi nomzod Ogayo shtati Klivlend partiya s'yezdida shu yilning 18-21 iyul kunlari ma'lum bo‘ladi. Prezident saylovi esa 8 noyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026