Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qotil-enaganing shizofreniyadan aziyat chekkani haqidagi ma'lumot tasdiqlandi
Samarqand viloyat Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri, Moskvada vahshiy qotillik amalga oshirgan enaga Gulchehra Boboqulova haqiqatdan ham kasalxonada “o‘tkir shizofreniya” kasalidan davolangan va psixiatr ro‘yxatda turganini tasdiqladi.
"Gulchehra Boboqulova 2003 yildan buyon bizning muassasamizda "o‘tkir shizofreniya xastaligi" tashxisi bilan hisobda turgan", deya ma'lum qilgan Samarqanddagi dispanser vakili RIA Novosti agentligiga.
Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, u bir necha bor statsionar davolash muassasalarida davolangan. U tez-tez o‘z harakatlari ustidan nazoratni yo‘qotib turgan.
Bundan oldinroq, Gulchehra Boboqulovaning dugonasi Aziza Gadoyeva uning O‘zbekistonga oxirgi tashrifi vaqtida o‘zini o‘ta tajovuzkor tutgani haqida aytgandi. Gadoyevaning fikricha bunga uning xushtori sabab bo‘lgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 29 fevral kuni Moskva shahri “Oktyabrskoye pole” metrosi stansiyasida qo‘lida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qo‘lga olindi.
Ma'lum bo‘lishicha, 1977 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova Moskva shahridagi Narodnoye opolcheniye ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi oilada enaga bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, ayol qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishlarini kutgan va shundan so‘ng qizchani o‘ldirib, kvartiraga o‘t qo‘ygan va telbanamo ahvolda ko‘chaga chiqib ketgan. Yong‘in o‘chirilgach, qizaloqning boshsiz tanasi aniqlangan (ilk ekspertiza xulosalariga ko‘ra, qizaloq avval bo‘g‘ib o‘ldirilgan va shundan so‘ng boshi tanasidan judo qilingan bo‘lishi ham mumkin).
Manbalarda aytilishicha, uning bu harakati radikal ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan. Ayolning ushbu “mutlaq tushunarsiz” xatti-harakati tufayli, Tergov qo‘mitasi unga darhol asab-ruhiy ekspertiza o‘tkazishni belgiladi.
Manba: Moskvada 4 yoshli qizchani o‘ldirgan qotil-enaga shizofreniyadan aziyat chekkan
Mavzuga oid
07:52 / 07.05.2026
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi
13:52 / 05.01.2025
Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:33 / 19.10.2024