Jahon | 00:16 / 02.05.2016
4861
1 daqiqa o‘qiladi

Bryussel aeroportning parvozlar zali yana ishlashni boshladi

Bryusselning Zaventem aeroportining parvozlar zali mart oyida sodir etilgan teraktlardan keyin 1 mayda yana o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

Avvalroq aeroportdan ba'zi reyslar amalga oshirilgandi, biroq aeroport binosiga katta ko‘lamda zarar yetkazilgani sababli aprelda parvozga jo‘natish terminali sifatida vaqtinchalik imoratdan foydalanilgan. 

Ayni vaqtda yo‘lovchilar ta'mirdan chiqarilgan parvozlar zalidan xavfsizlikni nazorat qilishning kuchaytirilgan tartibida o‘tmoqdalar.

Birinchi tekshiruv terminalga kirishdan oldinoq amalga oshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid