Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi
Indoneziya orollaridan birining sohilida 5,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmat saytida xabar tarqatildi.
Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 11:21da (Toshkent vaqti bilan 9:21) sodir bo‘lgan. Zilzilaning epimarkazi Kotabumi shahridan 55 kilometr janubi-g‘arbda Sumatra orolining janubiy burchagida deb belgilandi.
Zilzila o‘chog‘i 132,7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlashi oqibatida vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida xabar berilmagan. Tsunami xavfi to‘g‘risida ham ma'lumot yo‘q.
2016 yilning mart oyida ham Indoneziyada zilzila sodir bo‘lgan. O‘shanda sunami xatari to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026