Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dronlar ishtirokida yorqin chiroqlar shousi o‘tkazildi
Joriy yilning boshida Intel kompaniyasi uchuvchisiz qurilmalar yordamida dunyodagi eng katta masshtabli yorqin chiroqlar shousini o‘tkazgani uchun Ginnes rekordlar kitobiga kirgan edi. Yapon kompaniyasi MicroAd ham huddi shunday namoyishni tashkil etishga qaror qildi. Yigirmadan ortiq Sky Magic dronlari mashhur Fuji tog‘i yonbag‘rida yaponlarning milliy musiqasi hamohangligida «osmon» raqsini namoyish etishdi.
Foydalanilgan dronlarga barcha ranglarda tovlanuvchi 16 500ta yoritgichlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning barchasi qo‘shiqchilar jonli ijroda kuylayotgan musiqa bilan bir vaqtda harakatlanishdi. Garchi Intel kompaniyasining rekordini zabt etishning iloji bo‘lmagan bo‘lsada, shou chindan ham hayratlanarli va maftunkor namoyish etildi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026