Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anni mazax qilgan nemis hajvchisi Merkelni tanqid qildi
ZDF telekanali efirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning nomiga haqoratomuz she'r o‘qigan nemis teleboshlovchisi va hajvchisi Yan Bemermann Germaniya kansleri Angela Merkelning nomiga keskin tanqid bildirdi. Bu haqda Zeit nashri yozdi.
"Kantsler gap fikrni ifodalash erkinligi haqida ketganda zaiflik namoyon qilishi kerak emas. Biroq buning o‘rniga u meni nimta-nimta qilib, asab kasaliga duchor bo‘lgan zolimga tortiq qildi", deb aytdi Bemermann.
Bundan tashqari, Bemermann intervyusida oxirgi haftalarda to‘liq izolyatsiyada yashaganini hamda federal kansler ma'muriyati va alohida topshiriqlar bo‘yicha federal vazir Piter Altmayyerga yordam so‘rab murojaat qilishini aytdi.
Avvalroq o‘tkazilgan so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning uchdan ikki qismi Merkelning Bemermannga qarshi tergov boshlash qaroriga qarshi chiqqanlari ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026