Jahon | 21:03 / 03.05.2016
53081
2 daqiqa o‘qiladi

Sky News: Bashar Asad IShID bilan hamkorlik qiladi

Bashar Asad rahbarligidagi hukumat IShID terrorchilik tashkilotining Suriyadagi jangarilari bilan hamkorlik qilishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Sky News nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, tashkilotdan qochib ketgan jangarilar orqali tahririyatga kelib tushgan hujjatlar ikki tomon uzoq vaqt davomida aloqada bo‘lib turganini isbotlaydi.

Sky News tomonidan bildirilishicha, Palmiraning olinishi jangarilarning o‘z ixtiyori bilan shaharni tashlab ketishi tufayli yuz bergan. Buning evaziga Bashar Asad hukumati jangarilarga talofatsiz va barcha qurol-yarog‘larni olib ketishiga qo‘yib bergan.

Shunga o‘xshash holat boshqa shaharlar qamali vaqtida ham ro‘y bergan: Suriya armiyasi hujumga o‘tganida jangarilar har safar talofat bermasdan chekinishga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan tashqari, nashrda Asad hukumati va IShID o‘rtasida neft savdosi amalga oshirilgani bo‘yicha ma'lumotlar aniqlangan.

Axborot agentligining qayd etishicha, bu hujjatlarning haqiqiyligi aniqlash imkonsiz. Bundan oldin ham shu kabi manbalar orqali shunga o‘xshash ma'lumotlar tarqalgan, lekin bu ma'lumotlar tasdiqlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid