Fan-texnika | 20:03 / 06.05.2016
9091
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus kodga ega quyosh batareyali ryukzak taqdim etildi

Ryukzak ko‘p miqdordagi buyumlarni olib yurish uchun sumka va xaltalarga nisbatan ancha qulaydir, biroq shu bilan birga uning mustahkam emasligi biroz xavotirga solishi mumkin.

Yangi Lifepack ryukzagi esa mutlaqo o‘zgacha. Unga buyumlarning o‘g‘irlanishini oldini oluvchi 6-millimetrli integratsiyalashgan kodli qulf o‘rnatilgan. Qulf zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

Shuningdek, ryukzak qimmatbaho narsalarni saqlash uchun mo‘ljallangan to‘rtta yashirin cho‘ntak bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, yelkaga osib yuriladigan sumkaning ichki qatlami suv o‘tkazmaydigan matodan tikilgan bo‘lib, u buyumlarni urilgan yoki tushib ketgan hollarda himoya qiladi. 

Ryukzakka Bluetooth-dinamika, akkumulyator, quyosh batareyalari (masalan, ular yordamida iPhone’ni 12 martagacha quvvatlab olish mumkin) ham o‘rnatilgan.

Lifepack loyihasi muvaffaqiyat qozonib, ishlab chiqarish uchun yetarlicha mablag‘ to‘play oldi. Joriy yilning oktabr oyida buyurtmalarning birinchi qismini taqdim etish rejalashtirilgan. "Mobil idora"ga ega ryukzakning narxi – 249 dollar.

 

Mavzuga oid