Texnologiya | 18:21 / 06.05.2016
8507
1 daqiqa o‘qiladi

Terini aqlli soatlarning sezgir ekraniga aylantira oladigan uzuk ishlab chiqildi

Karnegi-Mellon universiteti olimlari aqlli-soatlarni boshqarish imkonini beruvchi uzuk yasash bo‘yicha SkinTrack loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb yozadi MIT Technology Review.

Mazkur uzuk, qo‘l terisini aqlli-soatlar uchun sezgir ekranga aylantirish imkonini beradi. Uning ishlash texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi uzuk taqqan qo‘lini boshqa qo‘li yuzasida sirpantirsa, uzuk signalni aqlli-soatga yuboradi.

Ma'lumki, aqlli soatlar ekranlari birmuncha kichik bo‘lgani bois qurilmadan foydalanish qiyinchilik tug‘diradi. Universitet tadqiqotchilarining aytishicha, sezgir ekran maydonini bilak hisobiga kengaytirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, aqlli-soatlar yordamida bajariladigan ko‘plab vazifalarni qulaylashtiradi.

Texnologiya ishlab chiqaruvchilari tez orada ushbu ishlanma xususida to‘liqroq hisobotni e'lon qilmoqchi. Hozircha qurilmaning ishlash usuliga oydinlik kirituvchi demovideo namoyish etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid