Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi na Apple, na boşqa yirik elektronika kompaniyalarida bölmagan gadjetni işlab çiqarmoqçi.
Naver xabariga köra, bu – salomatlik körsatkiçlarini nazorat qiluvçi aqlli uzuk. IT giganti allaqaçon uni işlab çiqiş jarayonini boşlagan. Samsung oktabr oyida şunga öxşaş qurilmaga patent olgan edi.

Aqlli uzuklar elektronikaning yangi turi emas, bunday gadjetlar allaqaçon bozorda bor, ammo hozirça ularning assortimenti kiçik va unçalik taniqli bölmagan kompaniyalar tomonidan işlab çiqariladi.
Manbalarga köra, halqaga kamida ikkita maxsus datçik örnatiladi. Ular foydalanuvçiga yurak uriş tezligini, EKG va qonning kislorod bilan töyinganlik darajasini aniqlaş imkonini beradi. Hozirça Samsung aqlli uzukni qaçon sotuvga çiqarişni rejalaştirayotgani haqida ma’lumot yöq.

Samsung Electronics öz gadjetlarida salomatlikni nazorat qiluvçi funksiyalarni muntazam tatbiq qilmoqda. Masalan, yangi Galaxy Watch 5 aqlli soatida qon bosimini ölçovçi, elektrokardiogramma oluvçi va qonning kislorod bilan töyinganlik darajasini aniqlovçi datçiklar bor. Şuningdek, gadjet tana haroratini ham ölçay oladi.











