Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruandada ko‘chkilar sababli 20 kishi halok bo‘ldi
Ruandaning shimolida 8 mayga o‘tar kechasi jalalar oqibatida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning aksariyati bolalar bo‘lgan. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
"Gakenke tumanidagi uylarni bosib qolgan ko‘chki oqibatida ayni vaqtda kamida 20 kishi halok bo‘ldi", deb aytdi mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili. Amaldor qurbonlarning aksariyati bolalar ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Oxirgi yillarda Ruanda hukumati bu mamlakatda tez-tez sodir bo‘lib turadigan ko‘chkilar qurbonlari sonini kamaytirishga muvaffaqiyat bo‘lgandi. Biroq joriy yilda odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan bunday fojialar El-Nino tabiiy hodisasi tufayli yana ko‘paymoqda.
Mavzuga oid
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
20:21 / 10.07.2025