Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prezidenti Chili tomonidan mavjud tahdid haqida ma'lum qildi
Boliviya prezidenti Evo Moralesning ma'lum qilishicha, qo‘shni mamlakat Chili o‘zaro chegara hududiga harbiy baza joylashtirgan holda Boliviyaga tahdid solmoqda.
Moralesning aytishicha, o‘zaro chegara chizig‘idan 15 km masofada harbiy baza yaratilishi Boliviyaga qarshi agressiv akt hisoblanadi. U xalqaro normalarga ko‘ra qo‘shni davlatning harbiy bazasi chegaraga 50 km masofagacha yaqin joylashtirilmasligi haqida eslatib o‘tgan.
Chililiklarning harbiy bazasi Silala daryosi bo‘yida bo‘lib, suv resurslari ikki davlat o‘rtasida uzoq yillardan buyon munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Silala daryosining manbai Boliviya hududida joylashgan, lekin uning asosiy qismi Chili hududidan oqib o‘tadi.
Bundan tashqari, Boliviya dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lish uchun urinib keladi.
Bundan oldinroq, Boliviya hukumati Chilini Haaga xalqaro sudiga bergan, unda 19 asrdagi Ikkinchi Tinch okeani urushi vaqtida Chiliga boy berilgan, okeanga olib chiquvchi hudud qaytarilishini talab qilgandi.
19 asr oxiridagi qurolli to‘qnashuvlar natijasida Boliviya okean bo‘yidagi 400 kilometrlik qirg‘oqni yo‘qotgan.
Mavzuga oid
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025