Sport | 09:00 / 09.05.2016
4452
1 daqiqa o‘qiladi

Grizmann xorijdagi eng yaxshi fransuz futbolchisi sifatida taqdirlandi

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann mamlakatdan tashqarida to‘p suruvchi eng yaxshi fransuz futbolchisi sifatida mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqida Fransiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (UNFP) sayti xabar qilgan.

25 yoshli futbolchi «Atletiko»ning Chempionlar ligasida finalga chiqishiga yordam berdi. 

Antuan Grizmann 2014 yilda «Real Sosedad»dan «Atletiko»ga o‘tgan. Joriy mavsumning barcha turnirlarida u 25 yoshli futbolchi madridliklar jamoasi uchun 51ta uchrashuvni o‘tkazdi va 31ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mukofot uchun «Real» hujumchisi Karim Benzema, «Vest Hem» yarim himoyachisi Dimitri Payye va «Yuventus»da xavbek ampluasida o‘ynovchi Pol Pogba ham da'vogarlik qilgandi.

Mavzuga oid