Pokistonlik "quyosh bolalari" olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi
Olimlar pokistonlik aka-ukaning g‘ayritabiiy holatlariga izoh topa olishmayapti. Bolalar (9 va 13 yosh) kunduzi odatiy hayot tarzini kechiradi, biroq quyosh botganidan keyin ular na harakatlana olishadi va na gapira olishadi. Bu haqida CBS News xabar berdi.
Pokiston tibbiyot instituti professori Javod Akromning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar hozircha bunday g‘alati alomatlarning sababini topa olishmayapti.
"Shifokorlar bolalarning nima uchun kunduzi faol, quyosh botgandan so‘ng esa ko‘zlarini ocha olmasliklari, gapira olmasliklari va taom iste'mol qila olmasliklari sabablarini tushunib yetish maqsadida izlanishlar olib borishmoqda", dedi Akrom.
Shuningdek, olimlar aka-uka yashaydigan qishloqning tuproq va havosidan namunalar olishdi.
Bolalar nochor oilada tug‘ilishgan, shu bois hukumat ularga bepul tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. G‘aroyib aka-ukadan tashqari bu oilada yana ikki farzand bor, ammo ularning yashash tarzida hech qanday cheklanishlar kuzatilmayapti.
Aka-ukalarning otasi o‘g‘illarining holatini oddiy izohlamoqda: "O‘g‘illarim quyoshdan kuch-quvvat olishadi".
Biroq shifokorlar quyosh nuriga bog‘liq fikrni inkor qilishdi, chunki bolalar kunduzi yomg‘irli ob-havoda va qorong‘u xonada harakatlana olishadi.
Mavzuga oid
14:54 / 17.05.2024
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
08:15 / 06.01.2024
Nobel mukofotiga munosib, ammo unga loyiq ko‘rilmagan olimlar
14:30 / 07.10.2023
“Bu yer biznes qiladigan joy emas” - faollar Botanika bog‘i taqdiridan xavotirda
15:47 / 16.02.2023