Fan-texnika | 22:56 / 10.05.2016
5457
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik Apple Watch soatiga Tesla Model S mashinasini boshqarishni o‘rgatdi

Amerikalik mutaxassis Sem Gebbi telefonni ovoz yordamida boshqarishga imkon beruvchi interaktiv tizim Siri’ga Tesla Model S avtomobilini boshqarishni o‘rgatdi. Bu haqda Electrek ma'lum qildi.

Gebbi buning uchun Tesla’ning dasturlar yaratish interfeysi API’dan foydalandi, shuning uchun u yaratgan dastur Tesla’ning rasmiy dasturi bajara oladigan barcha narsani, jumladan salondagi haroratni boshqarish, eshiklarni ochish va yopish, mashinani avtopilotdan foydalanib "o‘ziga chaqirish"ni bajara oladi. Barcha bu harakatlarni Siri va Apple Watch yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Mutaxassis "aqlli" uyni boshqarish platformasi Apple HomeKit’dan foydalangan. 

Mutaxassis GitHub’da istalgan odam buni qila olishi mumkin bo‘lgan to‘liq yo‘riqnomani va YouTube’da 7 daqiqali rolikni chop etdi.  

Avvalroq Siri ovoz tizimi yaratuvchilari Dag Kittlaus va Adam Chiyer Viv nomli yangi virtual yordamchini taqdim qilishmoqchi ekanliklarini ma'lum qilishgandi. Yordamchi sun'iy ong negizida yaratilgan va Siri’ning imkoniyatlaridan ustunroq texnologiya sifatida ta'riflangan.

Mavzuga oid