Ma'lumotlarga köra, voqea Ayova ştatidagi Meyson-Siti şahri yaqinida yuz bergan. Gael Salsedo ismli ösmir öz jipida kollejga ketayotganda, maşina yaxvonlik oqibatida yöldan sirpanib çiqib ketib, daryoga tuşib ketgan. Daryodagi suv muzlagan bölgan, biroq maşina uni yorib, çöka boşlagan.

Ösmirning aytişiça, u sarosimada iPhone’ini topa olmagaç, Siri yordamçisiga “Siri, 911 ni ter” (AQŞda favqulodda xizmatlar telefon raqami) deb baqirgan. Şunda yordamçi faollaşib, tovuşli signal bergan va ösmir buning evaziga telefonini topa olgan. 

Voqea joyiga AQŞda qutqaruvçilar vazifasini ham bajaruvçi öt öçiruvçilar yetib kelişgan va ösmirni maşina içidan çiqarib olişgan. Yigit karaxt holda şifoxonaga yetkazilgan, biroq 2 soat ötgaç uyiga javob berilgan.