Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
130 yoshli vintovka 1,3 million dollarga sotildi
AQShda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida 1886 yilda yasalgan Winchester miltig‘i savdoga qo‘yildi. U 1,265 million dollarga sotilgan. Savdolarni Rock Island Auction Company tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Luxurylaunches. Nashrning ta'kidlashicha, o‘qotar qurol yaxshi saqlangan.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu vintovka boy tarixga ega. 1886 yilda apachi qabilasi yo‘lboshchisi Jyeronimoni hibsga olgan amerikalik kapitan Henri Louton (Henry Ware Lawton) vintovkaning egasi hisoblanadi. 1886 yilgi namunaning birinchi raqamli miltig‘i Winchester firmasi tomonidan Loutonga hadya qilingan.
Mazkur qurol ko‘pincha interer vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, avstriyalik dizayner Rayner Veber (Rainer Weber) mart oyida Kalashnikov avtomatlaridan stullar to‘plamini namoyish etgan edi.

Mavzuga oid
09:53
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026