O‘zbekiston | 19:30 / 13.05.2016
13956
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishda ko‘mak ko‘rsatadi

"Orol dengizi havzasidagi davlatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturlari" doirasidagi loyihalarni o‘rganish uchun xitoylik ekspertlarning kompleks ekspeditsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida Almashuv notalarini imzolash bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Pravda Vostoka" nashri xabar bermoqda.  

Kompleks ekspeditsiyani o‘tkazish O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik haqidagi kelishuvga muvofiq beg‘araz yordam mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

O‘tkazilgan ekspeditsiya natijalariga ko‘ra, xitoylik ekspertlar Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ustuvor loyihalarni keyingi texnik-iqtisodiy asoslash va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga tayyorlash uchun tanlab olishni rejalashtirilmoqdalar.

Loyihalardan maqsad – Orolbo‘yida katta butalardan o‘rmon polosalarini yaratish yo‘li bilan ekologik keskinlikni yumshatishdan iborat, bu esa tuz va qumning chiqib ketishini kamaytirish, bioturfalikni tiklash, baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga imkon beradi.

E'tiborlisi, Xitoy bilan bunday muhim kelishuvlarga erishish O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik qilishi vaqtida yuz berdi. O‘zbekistonning 2013 yil avgustidan jamg‘arma ijroiya qo‘mitasida raislik qilishi vaqtida birgalikdagi amaliy harakatlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamjamiyatning e'tiborini tortish va sa'y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 

Bu sa'y-harakatlar Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaning suv zaxiralaridan oqilona foydalanish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid