Jamiyat | 21:11 / 14.05.2016
26528
3 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi qabristonda yuz bergan ommaviy mushtlashuvning tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Moskvaning Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv bir necha kishining o‘limi va ommaviy hibcga olishlar bilan yakunlandi. Tergovchilar voqea tafsilotlarini o‘rnatgunlaricha, jurnalistlar kim va nima uchun kuppa-kunduz kuni ko‘plab guvohlarning oldida otishma bilan kechgan mushtlashuvni sodir etganini aniqlab bo‘ldilar. 

Aniqlanishicha, to‘polonda tojikistonlik gastarbayterlar va chechenistonlik etnik guruh vakillari ishtirok etgan. Ba'zi OAV guvohlarga iqtibos keltirgan holda guruh qabristonda qora ishni bajargan tojiklardan qilingan ishlar uchun olingan pullardan foiz talab qilganini ma'lum qilgan. Tojiklar "o‘lpon"ni berishni kechiktirganlarida ularning oldiga guruh "kallakesarlari" kelib, ulardan pullarni undirib olib yurishgan. Qabristondagi ishchilar pulni berishni bir oyga kechiktirishgandan keyin bir necha o‘nlab qurollangan kishilar kelgan. Qabristonda, shuningdek, ko‘plab noqonuniy muxojirlar Federal migratsiya xizmati tekshiruvlaridan yashirinib yurishgan.

"20 yildan beri qabristonda tojiklar ishlaydi. Ular qabr kovlaydilar, mavjud qabrlarga qarab yuradilar. Barcha qora ishni bajaradilar. Oxirgi vaqtda bu yerga qandaydir chechenlar kelib, bu yerdagi ishchilarga bosim o‘tkazib, ulardan o‘lpon talab qila boshlagan. Chechenlar tojiklar xizmatlari uchun olgan pullardan foiz olmoqchi bo‘lganlar. Tojiklar chechenlarga qat'iyan pul berishdan bosh tortganlaridan keyin bu yerga qurollangan katta guruh kelgan", deb aytdi OAV muxbirlaridan biri.

Oqibatda tojiklar va chechenlar o‘rtasida "devorga devor" tarzida mushtlashuv kelib chiqqan. Chechenlarda o‘qotar qurollar bo‘lgan, tojiklar esa armatura, bita, belkurak va hattoki supurgilar bilan qurollanib olganlar. Dastlab, mushtlashuvda 400 dan 500 gacha odam ishtirok etgani ma'lum qilingandi, biroq rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ularning soni 200 atrofida bo‘lgan. 3 kishi halok bo‘lgan, yana 20  ga yaqin kishi jarohat olgan, 50 kishi maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad tomonidan ushlangan.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, chechenlardan uch nafari Lada Priora mashinasida politsiyadan qochayotganda yo‘lda 2 kishini urib ketgan. Oqibatda jabrdiydalar halok bo‘lganlar. Jinoyatchilar qo‘lga olingan, ularning avtomobilidan 2 ta to‘ppponcha topilgan.  

Dastlabki so‘roqda tojiklar nima uchun chechenlar ularga bosim o‘tkazishni boshlashgandan keyin biror marta politsiyaga murojaat qilmaganliklari so‘ralganda, ular shikoyatlar o‘rinsiz bo‘lardi, deb javob berishgan, chunki jabrlanuvchilarning ko‘pchiligi noqonuniy muxojirlar bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid