Light | 22:57 / 15.05.2016
22760
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘li yo‘q polshalik rassom hayratlanarli suratlar yaratmoqda

Polshalik rassom Mariush Kedzerskiy qo‘llarsiz tug‘ilganiga qaramasdan, hayratlanarli suratlar yaratmoqda, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

Yosh yigit kamdan-kam uchraydigan irsiy kasallik tufayli qo‘lsiz tug‘ilgan, biroq bu unga o‘z orzusini ro‘yobga chiqarib, professional darajada surat chizishiga xalaqit qila olmadi. Rassomning aytishicha, u 7 yil davomida 700 dan ko‘proq surat chizgan va bunga 15 ming soatdan ko‘proq vaqt sarflagan. Odatda rassom realistik yoki giperrealistik uslubda portretlar yaratishni xush ko‘radi.

Kedzerskiyning suratlari ko‘plab davlatlarda, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyada sotiladi. Rassomning o‘zi esa ko‘p sayohat qiladi va ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, u 2013 yilda nufuzli Best Global Artist tanlovida 2-o‘rinni egallagan.

"Men o‘z misolimda imkoniyatlarning chegarasi yo‘qligini va istalgan maqsadga hech narsaga qaramasdan yetishish mumkinligini ko‘satmoqchiman, bunda yagona to‘siq – o‘ziga ishonchning yo‘qligidir", deb aytmoqda rassom.

Mavzuga oid