Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fidel Kastro va Morales o‘zaro uchrashuvda Lotin Amerikasidagi vaziyatni muhokama qilishdi
Kuba inqilobining tarixiy yetakchisi Fidel Kastro Gavanada rasmiy tashrif bilan orolga kelgan Boliviya prezidenti Evo Morales bilan uchrashdi. Bu haqda Kuba davlat televideniyesiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.
Do‘stona uchrashuv davomida 89 yashar Kastro hamda Morales Lotin Amerikasidagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Ozodlik oroliga tashrifi chog‘ida Moralesga Kubaning oliy mukofoti – Xose Marta ordeni taqdim etildi. Boliviyalik rahbar esa AQSh yurisdiksiyasi tasarrufidagi Guantanamo harbiy-dengiz baza hududining Kubaga qaytishiga umid bildirdi.
“Antikapitalistik va antiimperialistik shimoliy amerikalik prezident maydonga chiqqanda Guantanamo Kubaga qaytadi”, - yozib qo‘ydi Morales o‘zining tvitterida.
Kubaga tashrifidan keyin Morales Venesuelaga yo‘l oldi. Karakasda uni aeroportning o‘zidayoq prezident Nikolas Maduroning shaxsan o‘zi kutib oldi.
(Surat © AP Photo/ Rose Serra)
Mavzuga oid
08:52 / 30.03.2026
AQSh Rossiyaning Kubaga ketayotgan neft tankerini to‘xtatmadi
16:47 / 27.03.2026
“Ozodlik oroli”da nimalar bo‘lmoqda? Kubada kommunistik tuzum o‘rnatilishi tarixi
09:51 / 18.03.2026
Kuba prezidenti agressorga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini e’lon qildi
14:06 / 17.03.2026