Light | 17:20 / 23.05.2016
94292
2 daqiqa o‘qiladi

«Umidvor qo‘l» fotosurati bilan tanilgan jajji chaqaloqning hozirgi kundagi ko‘rinishi

1999 yilda bu voqea haqidagi ta'sirli surat butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi. Ultra tovush tekshiruvi vaqtida AQShlik ayol umurtqa pog‘onasida nuqsonga ega chaqaloq tug‘ishi ma'lum bo‘ladi. Shifokorlar bu tashhis chaqaloqning hech qachon yura va o‘tira olmasligidan darak berishini aytishgan edi.

Jarrohlar murakkab operatsiyani amalga oshirishga qaror qilishdi: ular hali tug‘ilishga ulgurmagan chaqaloqning umurtqa pog‘onasidagi nuqsonni ona qornidaligidayoq bartaraf etishga va go‘dakka yashash uchun imkon berishga harakat qilishdi. 

Juda ham xavfli bo‘lgan operatsiya muvaffaqiyatli tamomlandi. Jarrohlik amaliyoti so‘ngida to‘satdan jajjigina chaqaloq qo‘lchasi kesilgan joydan chiqib qoladi va xuddi yordam berishini iltimos qilgandek, jarrohning qo‘lini siqib qo‘yadi. 

Bu ta'sirli lahzalar operatsiyada ishtirok etayotgan fotosuratchining suratlariga muhrlanib qoldi. «Umidvor qo‘l» nomini olgan mazkur surat butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lib ketdi. Nuqsonni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan opertsiya muvaffaqiyatli tamomlandi. Semyuel Aleksander Armas 1999 yilning 2 dekabrida dunyoga keldi.

Bu uning 2012 yilda tushgan surati. 

Hozirda Semyuel 16 yoshda. O‘zining umurtqasi bilan bog‘liq bo‘lgan ba'zi kamchiliklarga qaramay, jarrohlarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan ko‘magi tufayli uni baxtli inson, deb hisoblash mumkin. Semyuel sport bilan shug‘ullanib kelmoqda va u basketbol musobaqalarida ishtirok etib, o‘zining ilk mukofotlarini olishga ham ulgurdi.

Mavzuga oid