Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda o‘tadigan go‘sht festivali sabab itlar so‘yilishdan qutqarildi
Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Yuylin shahridagi it go‘shti sotuvchilari festival bohona istagan ko‘ngilliga itlarni sotishmoqda. Bu haqda Global Times yozmoqda.
Aktsiya faollaridan bo‘lmish Du Yufenning aytishicha, it go‘shti sotuvchilari unga 900 yuan (136 dollar atrofida) evaziga 13 ta it sotishgan. Du Yufenning tan olishicha, itlarni sotib olish, vaziyatdan chiqib ketishni anglatmaydi.
«Biz itlarni sotib olish noto‘g‘ri yo‘l, deya hisoblaymiz. Bu go‘sht sotuvchilarining narxlarni oshirishlariga sabab bo‘ladi», — dedi u.
Lyan Tsze ismli boshqa bir faolning ta'kidlashicha, politsiya jonivorlar himoyachilarini bozordan haydab chiqarishga uringan. Yakunda u ham 10 ta it sotib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026