Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning matbuot kotibi uzrnoma haqidagi ma'lumotni tasdiqladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning matbuot kotibi Ibrohim Qalin Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yozilgan uzrnoma haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatdi.
Turkiyaliklar rahbari o‘z maktubida Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisi o‘limi munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirgan.
«Shuni aytmoqchi edimki, rossiyalik uchuvchi oilasining qayg‘usiga sherikman va unga hamdardligimni bildiraman. Bu ish uchun kechiring», deb yozilgan edi maktubda.
O‘z navbatida, Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishiq bu maktubga izoh bergan.
«Biz Rossiya bilan munosabatlarda yuz beradigan jiddiy siljish arafasidamiz», degan u.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuchlarining Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tushirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot o‘z havo hududini kesib o‘tganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bo‘lganini ta'kidladi.
Putin ushbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.
Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.
Bundan oldinroq, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Erdo‘g‘an Rossiyaning Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisining halokati yuzasidan Putindan uzr so‘ragani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
19:04 / 21.09.2019