Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Rossiya samolyoti Su-24 urib tuşirilgani uçun uzr sörab Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yozgan. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Turkiya prezidenti Erdöğandan kelgan murojaatda Turkiya yetakçisi Rossiya harbiy samolyoti halokati bilan boğliq vaziyatni iziga tuşirişga qiziqiş bildirdi", dedi Peskov.

Qayd etilişiça, Turkiya prezidenti öz maktubida Su-24 uçuvçisining ölimi uçun hamdardlik bildirgan.

Peskovning ta'kidlaşiça, Erdöğan maktubda "uzr" sözini işlatgan.

"Men qurbon bölgan rossiyalik uçuvçi oilasiga yana bir bor özimning hamdardligimni izhor qilib, çuqur ta'ziya bildiraman va keçirim sörayman. Butun yuragim bilan ularning dardiga şerikman. Rossiyalik uçuvçi oilasini turk oilasi sifatida qabul qilamiz. Yetkizilgan qayğu va zararni qoplaş uçun biz har qanday taşabbusga tayormiz", deya Erdöğanning sözlarini keltiradi matbuot xizmati.

Rossiya rahbariga yöllangan maktubda Turkiya rahbari Anqaraning Rossiya bilan munosabatlarni barbod qilişni istamasligi haqida ham yozilgan.

Öz xatida Erdöğan "Rossiya va Turkiya uçun odatiy bölgan döstona munosabatlarni tiklaş uçun zarur bölgan barça işni qilişga, şu bilan birga hududdagi mojarolarni bartaraf etiş uçun birgalikda harakat qilişga hamda terrorçilikka qarşi hamkorlikka tayyor ekanini" ta'kidlagan.

Şuningdek, murojaatda Erdöğan rossiyalik harbiyning halokatiga aloqador Turkiya fuqarosiga nisbatan tergov işlari davom etayotganini uqtirgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim "Rossiya bilan munosabatlar iliqlaşişi" jarayoni ketayotganini aytib ötgandi.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuçlarining Su-24 rusumli bombardimonçi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tuşirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot öz havo hududini kesib ötganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bölganini ta'kidladi.

Putin uşbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarşi keng kölamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.

Şundan söng ikki davlat örtasidagi munosabatlar keskin sovuqlaşdi.