Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq Oltin un kombinati shokolad mahsulotlari ishlab chiqaradi
Sirdaryo viloyatidagi «Oqoltindonmahsulotlari» AJ 2016 yil oxiriga kelib, shokolad mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, don mahsulotlari kombinatidagi yangi yo‘nalish qiymati 2,1 mln dollarga teng bo‘lib, bir kecha-kunduzda 5 tonna shokolad ishlab chiqarish quvvatiga ega.
«O‘zdonmahsulot» kompaniyasiga qarashli korxona asosan don va urug‘liklarni xarid qilish, saqlash, qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Bunda, un ishlab chiqarish, kompaniya mahsulotlari orasida asosiy o‘rin tutadi.
1995 yil aprelida foydalanishga topshirilgan Oq Oltin non mahsulotlari kombinati esa bir kunda 1900 tonna un qayta ishlanadi.
Foto:Google image
Mavzuga oid
15:22 / 08.05.2024
Don korxonalari xususiylashtirilmoqda
15:55 / 11.01.2024
Otasi «MVD»da ishlashini aytib yo‘l-harakati qoidalarini buzgan yigitga chora ko‘rildi
16:05 / 09.06.2022
Bug‘doy zaxirasi, o‘zbek unining sifati va erkinlashtirilgan narx - un sexiga press-tur
14:46 / 13.04.2022