Ijtimoiy tarmoqlarda yöl harakati qoidalarini buzib harakatlangan va YPX xodimlari töxtatganda «MVD»dagi Bekzod akaning öğillariman», degan yigitning videosi tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV YHXBB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilgan va «MVD»dagi «Bekzod akaning öğli» topilgan.

Ma’lum bölişiça, videodagi yigit 2006 yilda tuğilgan Izzatullayev Asilbek Bekzod öğli bölib, bu ösmir maşinani heç qanday hujjatlarsiz boşqarib, qoidabuzarliklar sodir etib yurgan.

Suriştiruvlarda qoidabuzarning otasi Töxtayev Bekzod Izzatullayeviç IIVda emas, balki «Özdonmahsulot» AJda işlaşi aniqlangan.

Haydovçilik guvohnomasi bölmagan ösmir boşqalarga tegişli turli maşinalarni boşqarib yöl harakati qoidalarini buzgan va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Videolardan birida u Toşkent şahridagi köçalardan birida maşina tezligini soatiga 176 kilometrga yetkazganini köriş mumkin.

Qayd etilişiça, qoidabuzarning onasiga MJtKning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylaştirilgan va BHMning 5 barobari miqdorida jarima solingan.

Avvalroq Namanganda otasiga tegişli Equinox maşinasini boşqarib 4 ta qoidabuzarlik sodir etgan ösmirga qonuniy çora körilgandi.