Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar qarishga qarshi sinovlarni boshlashadi
Vashington universiteti va Yaponiyaning Keyo universiteti tibbiyot olimlari yangi preparatni klinika sharoitida sinab ko‘rish uchun so‘nggi tayyorgarlikni boshlashdi. Preparatning asosiy vazifasi - inson hayotini sezilarli darajada uzaytirish, deya xabar beradi Geektimes.
Dastlabki rejalarga ko‘ra, loyiha sinovining boshlanishi iyul oyining birinchi yarmiga mo‘ljallangan. Shu bilan birga Yaponiya qonunchiligiga muvofiq, Keyo universiteti Axloqiy qo‘mitasi unga "yashil chiroq yoqishi" kerak.
Sinov davrida mononukleotid nikotinamidga asoslangan dori vositasining samardorligi hamda uning inson hayoti uchun xavfsizligi baholanadi. Yangi preparat jonivorlarda sinab ko‘rildi va bunda ijobiy natijalarga erishildi. Yangi dori vositasi 10 nafar katta yoshli sog‘lom kishiga yuboriladi.
Mavzuga oid
22:18 / 20.03.2026
Keksayishga qarshi dori ilk bor odamlarda sinovdan o‘tkaziladi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
02:39 / 21.11.2025