Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasmiy Anqara Su-24 uchun tovon puli to‘lashini rad etdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim, uning mamlakati Rossiyaga Su-24 samolyoti uchun tovon to‘lash niyati yo‘qligini bildirdi.
"Samolyot uchun Rossiyaga tovon to‘lash haqida gap ketayotgani yo‘q. Biz faqat uzrimizni keltirdik", — deya Yildirim so‘zlaridan iqtibos keltirgan CNN Turk telekanali.
"Yo‘q, yo‘q, bunday narsa yo‘q", —degan Turkiya bosh vaziri Anadolu agentligi jurnalistlariga.
Avvalro, Yildirim TRT telekanalida qilgan chiqishida "zarurat bo‘lsa" Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun zararni qoplashi haqida aytgan edi.
Dushanba, 27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida, urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun kechirim so‘ragani xabar qilingan edi. U, halok bo‘lgan uchuvchi oila a'zolariga hamdardlik bildirgan hamda rasmiy Anqara Rossiya bilan munosabatlarini buzishni xohlamasligini bildirgan edi.
Rasmiy Kreml Erdo‘g‘an maktubini, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni tiklash va yaxshilash tomon "tashlangan muhim qadam" deya baholagandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026