Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR raketa sinoviga 1,6 ming kishi tayyorgarlik ko‘rgan
Shimoliy Koreyada o‘rta masofaga ucha oladigan "Xvason-10" ballistik raketasini parvozga tayyorlashda 1,6 mingga yaqin mutaxassis va xizmatchilar ishtirok etgan. KXDR markaziy gazetasi "Nodon sinmun"da shunday ma'lumotlar keltirilgan.
Ballistik raketa sinoviga tayyorgarlik ko‘rganlar mamlakat yetakchisi Kim Chen In bilan esdalik uchun suratga tushgan. Ularning 300dan ortig‘i turli darajadagi harbiylar bo‘lsa, qolganlari fuqarolik mutaxassislaridir.
Avval xabar berganimizdek, 23 iyun kuni KXDR o‘rta masofaga ucha oladigan "Xvason-10" ballistik raketasining oltinchi sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgan edi. U, Yapon dengizi osmonida 400 km parvoz qilgan.
O‘shanda, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning mamlakati AQShning Osiyo-Tinch okeani havzasidagi istalgan harbiy inshootiga zarba berish imkoniga ega bo‘lganini aytgan edi.
Foto:© REUTERS/ KCNA
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026