Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Sochida uchrashadi
Rossiya va Turkiya davlat rahbarlari telefon orqali o‘tkazgan muloqoti chog‘ida, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov hamda Mavlud Chavusho‘g‘li Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining Sochidagi anjumani doirasida uchrashuv o‘tkazishiga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
«Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari shu yilning 1 iyul kuni Sochida uchrashadi. Unda, mintaqadagi vaziyat muhokama etiladi. Bunda Suriya muammosini hal etish masalasiga asosiy e'tibor qaratiladi. Shuningdek, rus-turk munosabatlarining keyingi istiqbollari borasida fikr almashiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Erdo‘g‘an va Putin, Rossiya-Turkiya munosabatlari sovuqlashganidan beri ilk marotaba telefon orqali suhbatlashib, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qayta tiklash borasida qat'iyatlarini izhor qilishgandi.
Foto:rusvesna.su
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026